Yangiliklar

Osiyo Kubogi. Oʻzbekiston Hindistonni yirik hisobda magʻlub etdi

Osiyo Kubogi. Oʻzbekiston Hindistonni yirik hisobda magʻlub etdi
Foto: OʻFA matbuot xizmati

Futbol boʻyicha Qatar yashil maydonlarida boʻlib oʻtayotgan Osiyo Kubogi musobaqasi doirasida Oʻzbekiston milliy terma jamoasi 2-tur uchrashuvini oʻtkazdi. Bu galgi raqib — Hindiston. Uchrashuvning 4-daqiqasida Abbosbek Fayzullayev hisobni ochdi. Oradan 17 daqiqa oʻtib Igor Sergeyev hisobni ikkitaga oshirdi.

Hakam tomonidan birinchi boʻlimga qoʻshib berilgan daqiqalar oʻtayotganda Sherzod Nasrullayev hisobni 3:0 koʻrinishiga keltirdi. Ikkinchi boʻlimda hisob oʻzgarmadi.

Shunday qilib, Oʻzbekiston MTJ 2-turdan soʻng 4 ochkoga ega boʻlib, ayni vaqtda “B” guruhida 2-oʻrinni egallab turibdi. 3-tur bahsi 23-yanvar kuni, Avstraliyaga qarshi boʻlib oʻtadi.