Adliya vazirligi matbuot xizmatining xabar berishicha, endilikda avtomashinani sotishda er yoki xotinning rozilik arizasi ham onlayn tarzda notarial rasmiylashtirishi mumkin.
Ushbu ariza rozilik beruvchi er yoki xotin tomonidan “E-notarius.uz” axborot portali orqali rasmiylashtiriladi. Bunda murojaat qilish uchun istalgan notarius tanlanishi mumkin.
Agar er yoki xotinning rozilik arizasi notarial tasdiqlangan boʻlsa, u avtomashinani oldi-sotdi shartnomasini onlayn tarzda rasmiylashtirish jarayoniga avtomatik ravishda biriktiriladi.
Sizda shikoyat, taklif yoki murojaat bormi? Bizga @demokratuz_aloqabot orqali murojaat qiling!