Yangiliklar

Ekopartiya bosh prokurorga deputatlik soʻrovini yubordi

Ekopartiya bosh prokurorga deputatlik soʻrovini yubordi

Ijtimoiy tarmoqlarda Ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish va iqlim oʻzgarishi vazirligining Toshkent viloyati boshqarmasi tomonidan 2022 va 2023-yillar davomida olti yuzdan ortiq daraxtlarni kesishga ruxsatnomalar berilganligi, bunda kesilgan daraxtlar orasida qimmatbaho daraxtlarning borligi haqida maʼlumotlar joylashtirilganligi keng muhokamalarga sabab boʻlmoqda.

Mazkur holatda 5 ta 10 ta emas balki, butun boshli oʻrmonni kesishga ruxsat berilgan. 

Ekologik partiya ushbu holat yuzasidan Oliy Majlis Qonunchilik palatasi deputatlari, Oʻzbekiston Ekologik partiyasi fraksiyasi aʼzolari T.Xojanazarov va N.Aminovlar tomonidan ruxsatnomalarning qonun hujjatlariga muvofiqligi yuzasidan bosh prokurorga “Deputat soʻrovi” yuborildi.