Yangiliklar

Ketma-ket ikkinchi kun dollar kursi pasaydi

Ketma-ket ikkinchi kun dollar kursi pasaydi

Oʻzbekistonda dollar kursi yana pasaydi, deb xabar bermoqda Markaziy bank matbuot xizmati.

Maʼlumotga koʻra, dollarning rasmiy kursi 13,15 soʻmga pasayib, 19-yanvardan boshlab 12 407,00 soʻmni tashkil etadi.

Shuningdek, yevro kursi 16,79 soʻmga pasayib, dushanbadan 13 502,54 soʻmni tashkil qiladi. Rubl kursi 0,03 soʻmga koʻtarilib, 22-yanvarda rublning rasmiy kursi 140,22 soʻmni tashkil etadi.