Qalin tuman sabab koʻrish masofasining pasayishi (150 metr) “Toshkent” xalqaro aeroportida havo kemalarini qabul qilishni chekladi. Bu haqda “UZBEKISTAN AIRPORTS” xabar berdi.
Xususan, Qanot Sharq aviakompaniyasining HH2234 (Fukuok – Toshkent) reysi kutish hududida boʻlganidan soʻng Samarqanddagi muqobil aerodromga yoʻnaltirildi.
“Silk Avia” aviakompaniyasining US802 (Buxoro – Toshkent) reysi ham Samarqanddagi muqobil aerodromga yoʻl oldi.
“Toshkent aeroportidan samolyotlarning joʻnab ketishiga cheklovlar yoʻq. Parvozlar rejaga asosan amalga oshirilmoqda”, — deyiladi xabarda.
Sizda shikoyat, taklif yoki murojaat bormi? Bizga @demokratuz_aloqabot orqali murojaat qiling!