Yangiliklar

Samarqandda “Makarov” pistoletini sotmoqchi boʻlgan shaxs ushlandi

Samarqandda “Makarov” pistoletini sotmoqchi boʻlgan shaxs ushlandi
Foto: Videodan skrin

Davlat xavfsizlik xizmatining Samarqand viloyati boʻyicha boshqarmasi xodimlari tomonidan Jomboy tumanida oʻtkazilgan tezkor tadbirda, Toshkent shahrida yashovchi, 1977-y.t., muqaddam Jinoyat Kodeksining 251-1 va 246-moddalari bilan sudlangan shaxs xaridorga 1 dona “Makarov” pistoleti va uning 96 dona oʻq-dorisini 10 ming AQSH dollariga sotmoqchi boʻlgan vaqtida ashyoviy dalillar bilan qoʻlga olindi.

Shuningdek, uning yashash xonadonida oʻtkazilgan tintuv harakatlari davomida, foydalanishga yaroqli deb topilgan, kalibri 5,6 mm boʻlgan eski rusumdagi “Monte Kristo” toʻpponchasi, turli xil gilzalar, ov miltigʻi qismlari, oʻtkir tigʻli jismlar hamda boshqa ashyoviy dalillar protsessual tartibda rasmiylashtirib olindi.

Hozirda mazkur shaxsga nisbatan Jinoyat Kodeksining 248-moddasi 3-qismi bilan jinoyat ishi qoʻzgʻatilib, qamoqqa olish tarzidagi ehtiyot chorasi qoʻllanilgan.