Yangiliklar

7 ming dollar evaziga ichki ishlar organlariga ishga olib kirib qoʻyishini vaʼda qilgan shaxs ushlandi

7 ming dollar evaziga ichki ishlar organlariga ishga olib kirib qoʻyishini vaʼda qilgan shaxs ushlandi
Foto: Fargʻona viloyati IIB

18-yanvar kuni, Fargʻona viloyati IIB, Departamentning Bagʻdod tumani boʻlimi hamda tuman IIB tezkor xodimlari tomonidan oʻtkazilgan tadbir davomida, arizachiga oʻzini “N”deb tanishtirgan ayol 7 ming dollar evaziga IIOga ishga olib kirib qoʻyishini aytib, oldindan 2.000 AQSH dollari Oltin qoʻrgʻon MFY hududida olgan vaqtida tadbir ishtirokchilari tomonidan ushlandi. Bu haqda viloyat IIB xabar bermoqda.

Tergovga qadar tekshiruv harakatlari davomida “N” muqaddam JKning 168-, 223-moddalari bilan 3 marotaba sudlangan, N.X. ekanligi aniqlanib, pullarni oʻz ehtiyoji uchun olganligi, boshqa shaxsga berish niyati boʻlmaganligini bildirgan.

Mazkur holat yuzasidan JKning 25,168-moddasi 1-qismi va 28,211-moddasi 1-qismi bilan jinoyat ishi qoʻzgʻatilib, tuman prokuraturasi tomonidan dastlabki tergov harakatlari olib borilmoqda.