Yangiliklar

Qirgʻizistonda 11 nafar jurnalist hibsga olindi. Sadir Japarov izoh berdi

Qirgʻizistonda 11 nafar jurnalist hibsga olindi. Sadir Japarov izoh berdi

Qirgʻiziston hukumati bu hafta “Temirov Live”, “Ayt Ayt Dese”, “PolitKlinika” va “Archa Media” kompaniyalarining 11 nafar jurnalistini hibsga oldi. Prezident Sadir Japarov ushbu holat yuzasidan munosabat bildirar ekan, qoʻlga olinganlar “professional jurnalist emasligini” aytdi. Ular ijtimoiy tarmoqlardan foydalanib, turli, jumladan, mamlakat milliy xavfsizligiga tahdid soladigan maʼlumotlarni “masʼuliyatsizlik bilan eʼlon qiladigan bloggerlardir”.

“Har bir huquqiy davlatda boʻlgani kabi Qirgʻizistonda ham qonun oldida javobgarlik bor. Shu munosabat bilan maʼlumotlar ishonchliligi uchun har bir shaxs, birinchi navbatda oʻzini jurnalist va bloger deb biladiganlar javobgar boʻlishi kerak. Ayrim blogerlar va faollar ochiqchasiga yolgʻon va dezinformatsiya tarqatayotganiga koʻp marotaba guvoh boʻlganmiz. Koʻpincha qasddan yoki oʻzi bilmagan holda mintaqaviy, diniy va milliy adovatni qoʻzgʻatishga urinishlar, konstitutsiyaga zid xatti-harakatlarga, tartibsizliklarga chaqirishlar boʻlgan”, — dedi u.

Aynan shu holat boʻyicha prezidentning soʻzlariga koʻra, Adliya vazirligi huzuridagi sud-ekspertiza xizmati xulosasiga koʻra, Tojibek qizi Maxabodning videomurojaatlarida ommaviy tartibsizliklarga daʼvat belgilari borligi aniqlangan. Bu Jinoyat kodeksining 278-moddasi 3-qismiga mos.

“Bugungi notinch va turbulent zamonda soʻz erkinligi masʼuliyat bilan yonma-yon ketmoqda. Bugungi kunda demokratik rivojlangan deb hisoblash mumkin boʻlgan davlatlar siyosiy maqsadlarga erishish va jamiyatni beqarorlashtirish uchun soʻz erkinligidan foydalanganlarga nisbatan allaqachon cheklovlar joriy etyapti. Shu munosabat bilan biz profilaktika choralarini koʻrishga majburmiz, chunki bu toʻgʻridan toʻgʻri mamlakat milliy xavfsizligiga daxldor”, — dedi Japarov.