Yangiliklar

Senat ekologik vaziyatni yaxshilashga doir qonunni koʻrib chiqib, maʼqulladi

Senat ekologik vaziyatni yaxshilashga doir qonunni koʻrib chiqib, maʼqulladi
Foto: Senat matbuot xizmati

Senatning qirq toʻqqizinchi yalpi majlisida “Oʻzbekiston Respublikasining ayrim qonun hujjatlariga oʻzgartirishlar kiritish toʻgʻrisida”gi Qonun koʻrib chiqildi. Bu haqda yuqori palata matbuot xizmati xabar berdi.

Mazkur hujjat bilan “Tabiatni muhofaza qilish toʻgʻrisida”gi, “Atmosfera havosini muhofaza qilish toʻgʻrisida”gi hamda “Ekologik nazorat toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasi qonunlariga davlat organlari tomonidan tadbirkorlik subyektlarining faoliyatini cheklash yoki toʻxtatib turish toʻgʻrisidagi qarorlarni, birinchi navbatda, aholining hayoti va sogʻligʻiga xavf yuzaga kelishining oldini olish zaruratini hisobga olgan holda qabul qilish asoslarini aniqlashtiruvchi oʻzgartirishlar kiritilmoqda.

Senatorlar fikricha, ushbu Qonun ekologik vaziyatni yaxshilashga, aholining hayotiga va sogʻligʻiga xavf yuzaga kelishining oldini olishga, tadbirkorlik subyektlarini himoya qilishga, shuningdek, korrupsiya omillarini bartaraf etishga hamda vakolatli davlat organlarining masʼuliyatini oshirishga xizmat qiladi.

Qonun senatorlar tomonidan maʼqullandi.