Prezident farmoni bilan, Yoshlar ishlari agentligi Yoshlar siyosati va sport vazirligi tarkibidan chiqarilib, Vazirlar Mahkamasi boʻysunuviga oʻtkazildi. Bu haqdagi qaror bugun, 20-yanvar kuni imzolangan.

Hujjatga koʻra, Yoshlar siyosati va sport vazirligi negizida Sport vazirligi tashkil etildi.


Sport vazirligi Toshkentning Abdulla Qodiriy koʻchasi 2-uy manzilida, Yoshlar ishlari agentligi esa Alisher Navoiy koʻchasi 11-uy manzilida joylashadi.
Sizda shikoyat, taklif yoki murojaat bormi? Bizga @demokratuz_aloqabot orqali murojaat qiling!