Yangiliklar

Oʻzbekistonga 2025-yilgacha 800 ming dona C va B gepatitiga qarshi dorilar olib kelinadi

Oʻzbekistonga 2025-yilgacha 800 ming dona C va B gepatitiga qarshi dorilar olib kelinadi
Foto: “Dunyo” AA

Prezidentning C gepatitiga chalingan bemorlarni 100 foiz davolash boʻyicha tashabbusi ijrosi doirasida dori vositalarining Misrdan kelishi 2024-yilda ham davom etadi. Bu haqda “Dunyo” AA xabar berdi.

Oʻzbekistonning Qohiradagi elchixonasi xabariga koʻra, Misr hukumati tomonidan 2025-yilga qadar umumiy qiymati 4,2 million dollar boʻlgan jami 800 ming dona C gepatitiga qarshi “Daklatasvir” va “Sofosbuvir”, B gepatitiga qarshi “Entekavir” dori vositalarining begʻaraz yordam sifatida berilishi boʻyicha kelishuvga erishilgan.

Hozirga qadar umumiy qiymati 696 ming dollarga teng boʻlgan mazkur dori vositalari mamlakatga bosqichma-bosqich yuborildi.

20-yanvar kuni Misr hukumati tomonidan insonparvarlik yordami sifatida ajratilgan C gepatitiga qarshi “Sofosbuvir-400mg” dori vositasi yetkazib berildi. Umumiy 12 dona qutilarda 6720 dona “Sofosbuvir-400mg” dori vositalari Oʻzbekiston Sogʻliqni saqlash vazirligi huzuridagi Virusologiya ilmiy-tekshirish instituti tomonidan shifotalab bemorlarga taqsimlanadi.