20-yanvar kuni kechqurun Hindistondan Moskvaga uchgan Falcon 900B biznes-jeti Afgʻoniston togʻlarida radarlardan gʻoyib boʻlgan. Maʼlumotlarga koʻra, samolyot Toshkentga yoqilgʻi toʻldirish uchun qoʻnishi kerak boʻlgan.
Biroq, Gazprom kompaniyasiga tegishli avivaoperatorning Falcon 10B samolyoti radarlardan yoʻqolib qolgan.
Samolyot uchuvchilari 20-yanvar kuni soat 19:05 da Koʻlob shahriga shoshilinch qoʻnmoqchiligi, soʻngra soat 19:19 da birinchi va 19:29 da ikkinchi dvigateli ishdan chiqqanini xabar qilishga ulgurgan.
Rosaviatsiya uning bortidagi ikki yoʻlovchi Rossiya fuqarolari ekanini tasdiqladi. Qidiruv ishlari olib borilmoqda.
Sizda shikoyat, taklif yoki murojaat bormi? Bizga @demokratuz_aloqabot orqali murojaat qiling!