Yangiliklar

Poytaxtda tovlamachilikda gumonlanayotgan ikki kishi qoʻlga olindi

Poytaxtda tovlamachilikda gumonlanayotgan ikki kishi qoʻlga olindi
Foto: Poytaxt IIBB

Toshkent shahar IIBB huzuridagi Tergov boshqarmasi tomonidan Jinoyat kodeksining 165-moddasi (“Tovlamachilik”) bilan tergov qilinayotgan jinoyat ishi doirasida quyidagi shaxslar jinoyat sodir etganlikda gumonlanib ushlandi. Bu haqda poytaxt IIBB xabar berdi.

Maʼlum qilinishicha:

  • 1976-y.t. Yuldashev Xayrulla Xabibullayevich (Jinoyat kodeksining 165-moddasi 3-qismi “juda koʻp miqdorda tovlamachilik”)
  • 1987-y.t. Mirzaxmedov Ulugʻbek Temurovich (Jinoyat kodeksining 165-moddasi 3-qismi “juda koʻp miqdorda tovlamachilik”)

gumon qilinuvchilarga nisbatan qamoqqa olish tarzidagi ehtiyot chorasi qoʻllangan.

Shuningdek, mazkur jinoyat ishi doirasida tergovdan qochib yashiringan 1981-y.t. Badalbayev Rovshan Raximovich (Jinoyat kodeksining 165-moddasi 3-qismi “juda koʻp miqdorda tovlamachilik”) qidirilmoqda.

Unga nisbatan sirtdan qamoqqa olish tarzidagi ehtiyot chorasi qoʻllangan. Tergov davom etmoqda.