Toshkent shahar IIBB huzuridagi Tergov boshqarmasi tomonidan Jinoyat kodeksining 165-moddasi (“Tovlamachilik”) bilan tergov qilinayotgan jinoyat ishi doirasida quyidagi shaxslar jinoyat sodir etganlikda gumonlanib ushlandi. Bu haqda poytaxt IIBB xabar berdi.
Maʼlum qilinishicha:
- 1976-y.t. Yuldashev Xayrulla Xabibullayevich (Jinoyat kodeksining 165-moddasi 3-qismi “juda koʻp miqdorda tovlamachilik”)
- 1987-y.t. Mirzaxmedov Ulugʻbek Temurovich (Jinoyat kodeksining 165-moddasi 3-qismi “juda koʻp miqdorda tovlamachilik”)
gumon qilinuvchilarga nisbatan qamoqqa olish tarzidagi ehtiyot chorasi qoʻllangan.
Shuningdek, mazkur jinoyat ishi doirasida tergovdan qochib yashiringan 1981-y.t. Badalbayev Rovshan Raximovich (Jinoyat kodeksining 165-moddasi 3-qismi “juda koʻp miqdorda tovlamachilik”) qidirilmoqda.
Unga nisbatan sirtdan qamoqqa olish tarzidagi ehtiyot chorasi qoʻllangan. Tergov davom etmoqda.
Sizda shikoyat, taklif yoki murojaat bormi? Bizga @demokratuz_aloqabot orqali murojaat qiling!