Yangiliklar

Poytaxtdagi qurilish obektidan yiqilgan yigit halok boʻldi

Poytaxtdagi qurilish obektidan yiqilgan yigit halok boʻldi
Ilyustrativ foto

Toshkent shahridagi qurilish obyektidan yiqilgan quruvchi yigit vafot etdi. Bu haqda “Millar” dasturida xabar berildi.

Xabar berilishicha, bemor shifoxonaga olib kelingach darhol jarrohlik amaliyoti oʻtkazilgan. Operatsiya ikki soat davom etgan.

«Yaqinlarining va tez tibbiy yordam shifokorining soʻzlariga qaraganda, bemor koʻp qavatli binoning yuqori qavatidan baxtsiz hodisa tufayli yiqilib tushgan. Operatsiya davomida uning koʻkrak qafasida va qorin boʻshligʻi aʼzolarida shikastlanishlar, qovurgʻalar va tos suyagi sinishi aniqlandi”, — degan jarroh.

Operatsiya yakunlangach bemor tibbiy muolajalarga qaramasdan vafot etgan.