Bugun harakat xavfsizligini nazorat qiluvchi xodimlarga oʻz xizmat faoliyatini tezkor va xavfsiz olib borishi, avtobuslar harakatini nazorat qilishi hamda jamoat transporti harakatiga toʻsqinlik qiluvchi omillarni aniqlab, ularni bartaraf qilish choralarini koʻrish maqsadida, maxsus mayoqchali xizmat avtomashinalari, nur qaytaruvchi nimcha, favqulodda holatni anglatuvchi belgi hamda jezl (tayoqcha) topshirildi. Bu haqda Toshshahartransxizmat AJ matbuot xizmati xabar berdi.
“Taʼkidlash kerakki, mazkur avtomashinada xizmat koʻrsatuvchi xodimlar faqatgina avtobuslar harakatini nazorat qilishi koʻzda tutilgan”, — deyiladi xabarda.
Maʼlumot uchun, yoʻlovchilarga koʻrsatilyotgan jamoat transporti xizmati sifatini oshirish hamda avtobus haydovchilarining belgilangan tartib asosida faoliyat yuritishini nazorat qilish maqsadida, “Toshshahartransxizmat” AJning 8 ta avtobus saroyi filialida “Harakat xavfsizligini nazorat qilish boʻlimi” tashkil etilgan.
Sizda shikoyat, taklif yoki murojaat bormi? Bizga @demokratuz_aloqabot orqali murojaat qiling!