Bosh prokuratura huzuridagi Departamentning Qarshi tuman boʻlimi tomonidan IIB xodimlari bilan hamkorlikda oʻtkazilgan tezkor tadbirda fuqaro Z.A. fuqaro M.Sh.ning ishonchiga kirib, uni yuqori lavozimda ishlovchi tanishlari yordamida 1 500 AQSH dollari evaziga tuman tibbiyot birlashmasiga ishga joylashtirib qoʻyishini aytib, ushbu pullar hisobidan 18,5 mln soʻmni olgan vaqtida ashyoviy dalillar bilan ushlangan.
Shu kabi, Departamentning Pop tuman boʻlimi tomonidan oʻtkazilgan tezkor tadbirda fuqaro A.I. fuqaro T.U.ning ishonchiga kirib, uning farzandini “Oʻzbekiston temir yoʻllari” AJga qarashli Pop tuman temir yoʻl korxonasiga ishga joylashtirib qoʻyishi evaziga 2 500 AQSH dollarini olgan vaqtida ashyoviy dalillar bilan ushlangan.
Mazkur holatlar yuzasidan Jinoyat kodeksining 168-moddasi (firibgarlik) va 28, 211-moddasi (pora berish) bilan jinoyat ishlari qoʻzgʻatilib, tergov harakatlari oʻtkazilmoqda.
Sizda shikoyat, taklif yoki murojaat bormi? Bizga @demokratuz_aloqabot orqali murojaat qiling!