Yangiliklar

Ombudsman Rossiyadagi migrantlar huquqlarini taʼminlash boʻyicha murojaat yubordi

Ombudsman Rossiyadagi migrantlar huquqlarini taʼminlash boʻyicha murojaat yubordi
Foto: Ijtimoiy tarmoqlar

Ijtimoiy tarmoqlarda Rossiyada politsiya migrantlarni oʻrdaksimon yurishga majburlagani haqida xabarlar tarqalmoqda. Jumladan, “Russkaya Obщina Yekaterinburg” kanalida huquq-tartibot idoralari xodimlari Rossiya migratsiya qonunchiligiga amal qilinishi boʻyicha reyd oʻtkazganini maʼlum qilgan.

Bundan avval ham Ombudsman F.Eshmatova murojaatiga asosan Krasnodarda migrantlarga nisbatan oʻtkazilgan reydlar boʻyicha oʻrganishlar olib borilib, maʼlumot taqdim etilgan. Rossiya Ombudsmani migrantlar huquqlarini taʼminlash boʻyicha monitoringlar oʻtkazayotganini va holat nazoratga olinganini maʼlum qilgan edi.

Ombudsman yuqoridagi “Russkaya Obщina Yekaterinburg” telegram kanalida eʼlon qilingan holat boʻyicha ham Rossiya Federatsiyasi Ombudsmaniga murojaat qilib, Rossiyada boʻlib turgan Oʻzbekiston fuqarolarining mehnat huquqlari taʼminlanishida koʻmak soʻradi.