Yangiliklar

Toshkent tibbiyot akademiyasiga qarashli qadimiy binoning restavratsiya loyihasi tasdiqlandi

Toshkent tibbiyot akademiyasiga qarashli qadimiy binoning restavratsiya loyihasi tasdiqlandi
Foto: Madaniy meros agentligi

11-yanvar kuni Madaniy meros agentligi huzuridagi Ilmiy-ekspert kengashining 1-sonli yigʻilishi boʻlib oʻtdi. Oʻtkazilgan yigʻilishda “Oʻzshaharsozlik LITI” davlat muassasasi tomonidan taqdim etilgan “Toshkent tibbiyot akademiyasining koʻp tarmoqli klinikasida bino va inshootlarini qurish, rekonstruksiya qilish” loyihasi koʻrib chiqildi. Bu haqda agentlik matbuot xizmati xabar berdi.

Loyihaga koʻra, ushbu binoga mos ravishda 26 metr, 13 metr va 52 metr masofalardagi “Akkreditatsiya-simulyatsiya” qoʻshimchasiga 2 ta yotoqxona binosini qurish, loyihada cherkov boʻlgan binoning yuqori qismini tiklash, binolarning tashqi koʻrinishini hamda konstruktiv holatini saqlash belgilangan.

Agentlik huzuridagi Ilmiy-ekspert kengashi tomonidan “Oʻzshaharsozlik LITI” davlat muassasasi tomonidan ishlab chiqilgan Toshkent tibbiyot akademiyasining binosi (sobiq Kadetlar binosi) rekonstruksiya qilish va inshootlarini qurish loyihasi yuqorida belgilangan talablar, shuningdek, binoning tashqi koʻrinishini konstruktiv tarzda saqlash sharti bilan tasdiqlandi.

Maʼqullangan kengash loyiha xulosasi tegishli tartibda “Oʻzshaharsozlik LITI” davlat muassasiga yuborildi.