23 yoshli yoʻlovchi taksi haydovchisiga 10 marotaba pichoq urib, uni oʻldirib qoʻydi. Bu haqda “Hudud” dasturida xabar berildi.
“Manzilga yetgach pichoq urdim. Unga adovatim ham yoʻq edi, uni tanimaganman ham. Jahl ustida edim. Haydovchidan hech nima talab qilmaganman. Soʻramasdan turib pichoq urganman”, — deydi aybdor shaxs.
Qotil 18 yil muddatga ozodlikdan mahrum etildi.
Sizda shikoyat, taklif yoki murojaat bormi? Bizga @demokratuz_aloqabot orqali murojaat qiling!