Yangiliklar

Toshkentning ayrim hududlarida “svet” vaqtincha oʻchiriladi

Toshkentning ayrim hududlarida “svet” vaqtincha oʻchiriladi

Isteʼmolchilarga sifatli va barqaror elektr energiyasi yetkazib berilishini taʼminlash va elektr tarmoqlaridagi avariyaviy holatlarni oldini olish hamda mavjud elektr qurilmalarida taʼmirlash ishlarini olib borish maqsadida ertaga, 23-yanvar kuni ayrim manzillarda elektr taʼminoti vaqtincha oʻchiriladi. Bu haqda “Hududiy elektr tarmoqlari” AJ Toshkent shahar filiali Matbuot xizmati xabar berdi.

Jumladan:

  • Chilonzor tumani: “Olmazor” MFYning ayrim hududlarida soat 00:00 dan 06:00 gacha;
  • Yunusobod tumani: “Mingchinor”, “Registon”, “Gʻayratiy”, “Adolat”, “Anorzor”, “Yunusobod”, “Shaxriston”     hamda “Billur” MFYlarining ayrim hududlarida soat 10:00 dan 17:00 gacha.

“Oʻz navbatida, yuqoridagi hududlarda taʼmirlash ishlari belgilangan vaqtdan avvalroq yakunlanishi mumkinligini bildirib oʻtamiz”, — deyiladi xabarda.