Isteʼmolchilarga sifatli va barqaror elektr energiyasi yetkazib berilishini taʼminlash va elektr tarmoqlaridagi avariyaviy holatlarni oldini olish hamda mavjud elektr qurilmalarida taʼmirlash ishlarini olib borish maqsadida ertaga, 23-yanvar kuni ayrim manzillarda elektr taʼminoti vaqtincha oʻchiriladi. Bu haqda “Hududiy elektr tarmoqlari” AJ Toshkent shahar filiali Matbuot xizmati xabar berdi.
Jumladan:
- Chilonzor tumani: “Olmazor” MFYning ayrim hududlarida soat 00:00 dan 06:00 gacha;
- Yunusobod tumani: “Mingchinor”, “Registon”, “Gʻayratiy”, “Adolat”, “Anorzor”, “Yunusobod”, “Shaxriston” hamda “Billur” MFYlarining ayrim hududlarida soat 10:00 dan 17:00 gacha.
“Oʻz navbatida, yuqoridagi hududlarda taʼmirlash ishlari belgilangan vaqtdan avvalroq yakunlanishi mumkinligini bildirib oʻtamiz”, — deyiladi xabarda.
Sizda shikoyat, taklif yoki murojaat bormi? Bizga @demokratuz_aloqabot orqali murojaat qiling!