Hodisa, Yangiliklar

Bosh prokuratura: Asaka tumani prokurori oʻrinbosari pora bilan qoʻlga tushmagan

Bosh prokuratura: Asaka tumani prokurori oʻrinbosari pora bilan qoʻlga tushmagan
Ilyustrativ foto

Andijon viloyati prokuraturasi va Davlat xavfsizlik xizmati viloyat boshqarmasi xodimlari ishtirokida oʻtkazilgan tezkor tadbirda, bir fuqaro Asaka tumani prokuraturasi ish yurituvidagi jinoyat ishi boʻyicha yengillik qilib berishni vaʼda qilib, firibgarlik yoʻli bilan boshqa fuqarodan talab qilingan 15 000 dollarni olgan vaqtida ashyoviy dalillar bilan ushlangan.

Mazkur holat yuzasidan Jinoyat kodeksining 168-moddasi (Firibgarlik) bilan jinoyat ishi qoʻzgʻatilib, gumonlanuvchi shaxs protsessual tartibida ushlandi.

“Shuni qayd qilish lozimki, Asaka tumani prokurorining oʻrinbosari tadbirda pora bilan qoʻlga tushganligi haqidagi maʼlumotlar mutlaqo haqiqatga toʻgʻri kelmaydi”, — deyiladi xabarda.