Oʻzbekistonda dollar kursi pasaydi, deb xabar bermoqda Markaziy bank matbuot xizmati.
Maʼlumotga koʻra, dollarning rasmiy kursi 13,24 soʻmga pasayib, 25-yanvardan boshlab 12 421,76 soʻmni tashkil etadi.
Shuningdek, yevro kursi 4,21 soʻmga koʻtarilib, ertadan 13 543,44 soʻmni tashkil qiladi. Rubl kursi 0,79 soʻmga pasayib, 25-yanvarda rublning rasmiy kursi 140,60 soʻmni tashkil etadi.
Sizda shikoyat, taklif yoki murojaat bormi? Bizga @demokratuz_aloqabot orqali murojaat qiling!