Yangiliklar

Oʻtgan yili Oʻzbekistonda qancha yoʻlovchi tramvaydan foydalangan?

Oʻtgan yili Oʻzbekistonda qancha yoʻlovchi tramvaydan foydalangan?

2023-yil davomida tramvay transporti xizmatidan 3 mln 402,2 ming yoʻlovchi foydalangan. Bu haqda Statistika agentligi xabar berdi.

Maʼlum qilinishicha, bu koʻrsatkich 2022-yilning mos davriga nisbatan 490,8 mingga koʻp.

Maʼlumot uchun, bugungi kunda Oʻzbekistonda tramvaydan fqaqatgina Samarqand shahrida foydalaniladi.