24-yanvar kuni Pekin shahri Tyananmen maydonidagi Xalq yigʻinlari uyida davlat tashrifi bilan Xitoyda boʻlib turgan Oʻzbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyevni rasmiy kutib olish marosimi boʻldi.
Oʻzbekiston prezidenti sharafiga faxriy qorovul saf tortdi. Xitoy Xalq Respublikasi Raisi Si Szinpin Shavkat Mirziyoyevni kutib oldi.

Yetakchilar ikki mamlakat rasmiy delegatsiyalari aʼzolarini qutladilar. Harbiy orkestr ijrosida Oʻzbekiston va Xitoy madhiyalari yangradi. Faxriy qorovul boshligʻi Prezidentimizga raport berdi. Davlat rahbarlari faxriy qorovul safi oldidan oʻtdilar.
Marosimdan soʻng oliy darajadagi muzokaralari boshlandi.
Sizda shikoyat, taklif yoki murojaat bormi? Bizga @demokratuz_aloqabot orqali murojaat qiling!