Yangiliklar

Oʻzbekiston Respublikasi va Xitoy Xalq Respublikasining Birinchi xonimlari uchrashdi

Oʻzbekiston Respublikasi va Xitoy Xalq Respublikasining Birinchi xonimlari uchrashdi
Foto: OʻzA

Prezident Shavkat Mirziyoyevning Xitoyga davlat tashrifi doirasida Oʻzbekiston Respublikasining Birinchi xonimi  Ziroat Mirziyoyeva Xitoy Xalq Respublikasining Birinchi xonimi Pen Liyuan bilan uchrashuv oʻtkazdi. Bu haqda OʻzA xabar berdi.

Ziroat Mirziyoyeva Oʻzbekiston va Xitoy oʻrtasidagi aloqalarning ildizlari juda uzoq oʻtmishga borib taqalishi, xalqlarimizning boy tarixi va madaniyati bugun doʻstlik, oʻzaro ishonch va hurmat ruhida jadal rivojlanib borayotgan munosabatlarimizga muhim asos boʻlib xizmat qilayotganini taʼkidladi.

Foto: OʻzA

Doʻst Xitoy xalqini oy taqvimi boʻyicha kirib kelayotgan Yangi yil – Chun Sze bayrami bilan qutlab, eng ezgu tilaklarini bildirdi.

Pen Liyuan Oʻzbekiston Respublikasining Birinchi xonimi Ziroat Mirziyoyeva bilan qaror topgan yaqin doʻstona munosabatlarni qadrlashi, mamlakatlar oʻrtasidagi hamkorlik tobora yuksalib borayotganidan mamnunligini bildirdi.

Suhbat har doimgidek samimiy muhitda oʻtdi.