Shavkat Mirziyoyev Pekin shahridagi Tyananmen maydoniga tashrif buyurdi. Bu haqda prezident matbuot xizmati xabar berdi.
Oʻzbekiston va XXR davlat madhiyalari yangradi. Davlat rahbari Xalq qahramonlari yodgorligi poyiga gulchambar qoʻyib, XIX-XX asarlarda Xitoy mustaqilligi va ozodligi yoʻlida qurbon boʻlganlarning xotirasiga hurmat bajo keltirdi.

Tyananmen maydoni xitoy millatining ramziy yuragi hisoblanadi. 1949-yil 1-oktyabr kuni aynan shu yerda Xitoy Xalq Respublikasi tashkil etilgani eʼlon qilingan. Xalq qahramonlari yodgorligi XX asrning oʻrtalarida bunyod etilgan.
Sizda shikoyat, taklif yoki murojaat bormi? Bizga @demokratuz_aloqabot orqali murojaat qiling!