Yangiliklar

Shavkat Mirziyoyev va Si Szinpin Qoʻshma bayonot imzoladi

Shavkat Mirziyoyev va Si Szinpin Qoʻshma bayonot imzoladi
Foto: Prezident matbuot xizmati

Oliy darajadagi muzokaralardan soʻng ikki tomonlama hujjatlarni imzolash marosimi boʻlib oʻtdi. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev va Xitoy Xalq Respublikasi Raisi Si Szinpin Qoʻshma bayonot imzoladilar.

Unda tomonlarning oʻzaro manfaatli hamkorlikni turli sohalarda har tomonlama mustahkamlash hamda Oʻzbekiston bilan Xitoy oʻrtasidagi barcha sharoitlarda har tomonlama strategik sheriklikni mazmun jihatidan boyitishga intilishi tasdiqlangan.

Foto: Prezident matbuot xizmati

Yetakchilar huzurida quyidagilar imzolandi:

  • Oʻzbekiston Respublikasi Hukumati va Xitoy Xalq Respublikasi Hukumati oʻrtasida atrof-muhitni muhofaza qilish sohasidagi hamkorlik toʻgʻrisida bitim;
  • Oʻzbekiston Respublikasi Hukumati va Xitoy Xalq Respublikasi Hukumati oʻrtasida texnik-iqtisodiy hamkorlik toʻgʻrisida bitim;
  • Oʻzbekiston Respublikasi Hukumati va Xitoy Xalq Respublikasi Hukumati oʻrtasida inson resurslarini rivojlantirish boʻyicha hamkorlik toʻgʻrisida bitim;
  • Oʻzbekiston Respublikasi Hukumati va Xitoy Xalq Respublikasi Hukumati oʻrtasida davlat ilmiy-tadqiqot muassasalari hamkorligi toʻgʻrisida bitim;
  • Oʻzbekiston Respublikasi Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vazirligi va Xitoy Xalq Respublikasi Taʼlim vazirligi oʻrtasida xitoy tilini oʻqitish sohasidagi hamkorlik toʻgʻrisida bitim;
  • Oʻzbekiston Respublikasi Qishloq xoʻjaligi vazirligi va Xitoy Xalq Respublikasi Bojxona bosh boshqarmasi oʻrtasida Oʻzbekistondan Xitoyga noʻxat eksport qilishda fitosanitar talablar va nazorat toʻgʻrisida bayonnoma;
Foto: Prezident matbuot xizmati
  • Oʻzbekiston Respublikasi Transport vazirligi va Xitoy Xalq Respublikasi Islohotlar va rivojlanish davlat qoʻmitasi oʻrtasida Xitoy – Markaziy Osiyo – Yevropa temir yoʻl ekspresslari boʻyicha hamkorlikni chuqurlashtirish toʻgʻrisida bayonnoma;
  • Oʻzbekiston Respublikasi Iqtisodiyot va moliya vazirligi va Xitoy Xalq Respublikasi Tijorat vazirligi oʻrtasida yangi elektr transport vositalari sohasidagi hamkorlikni rivojlantirish toʻgʻrisida bayonnoma;
  • Oʻzbekiston Respublikasi Kambagʻallikni qisqartirish va bandlik vazirligi va Xitoy Xalq Respublikasi Qishloq xoʻjaligi va qishloq masalalari vazirligi oʻrtasida kambagʻallikni qisqartirish sohasidagi hamkorlik toʻgʻrisida ahdlashuv bayonnomasi;
  • Oʻzbekiston Respublikasi Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vazirligi va Xitoy Xalq Respublikasi Fan va texnologiyalar vazirligi oʻrtasida ilmiy-texnik hamkorlikni yanada mustahkamlash toʻgʻrisida hamkorlik bayonnomasi;
  • Oʻzbekiston Respublikasi Texnik tartibga solish agentligi va Xitoy Xalq Respublikasi Standartlashtirish maʼmuriyati oʻrtasida standartlashtirish sohasidagi hamkorlik toʻgʻrisida bayonnoma;
  • Oʻzbekiston Respublikasi Transport vazirligi va Xitoy fuqarolik aviatsiyasi boshqarmasi oʻrtasida “Havo ipak yoʻli”ni birgalikda barpo etish toʻgʻrisida kelishuv;
  • Oʻzbekiston Respublikasi Ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish va iqlim oʻzgarishi vazirligi huzuridagi Turizm qoʻmitasi va Xitoy Xalq Respublikasi Madaniyat va turizm vazirligi oʻrtasida 2024-2026-yillarda turizm sohasidagi hamkorlik rejasi;
  • Toshkent viloyati va Shensi muzofoti oʻrtasida sheriklik aloqalarini oʻrnatish toʻgʻrisida bitim;
  • Samarqand va Sindao shaharlari oʻrtasida sheriklik munosabatlarini oʻrnatish toʻgʻrisida bitim va boshqalar.