Yangiliklar

Dollar kursi yana pasaydi

Dollar kursi yana pasaydi

Oʻzbekistonda dollar kursi pasaydi, deb xabar bermoqda Markaziy bank matbuot xizmati.

Maʼlumotga koʻra, dollarning rasmiy kursi 9,76 soʻmga pasayib, 26-yanvardan boshlab 12 412,00 soʻmni tashkil etadi.

Shuningdek, yevro kursi 19,32 soʻmga pasayib, ertadan 13 524,12 soʻmni tashkil qiladi. Rubl kursi 0,72 soʻmga pasayib, 26-yanvarda rublning rasmiy kursi 139,88 soʻmni tashkil etadi.