Yangiliklar

Oʻzbekiston prezidenti Ipak yoʻli fondi raisi bilan uchrashdi

Oʻzbekiston prezidenti Ipak yoʻli fondi raisi bilan uchrashdi
Foto: Prezident matbuot xizmati

Shavkat Mirziyoyev Shenchjen shahridagi tadbirlar doirasida Ipak yoʻli fondi raisi Chju Szyun bilan uchrashuv oʻtkazdi.

Fond 2014-yilda Xitoy Xalq Respublikasi Raisi Si Szinpin tashabbusi bilan “Bir makon, bir yoʻl” loyihasi doirasidagi savdo-iqtisodiy va investitsiyaviy hamkorlikni moliyaviy qoʻllab-quvvatlash maqsadida tashkil etilgan.

Uchrashuvda sanoat kooperatsiyasi va infratuzilmani rivojlantirishni moliyaviy qoʻllab-quvvatlash uchun fond bilan birgalikda yaratilgan investitsiya platformasi imkoniyatlarini faol ishga solish orqali istiqbolli loyihalarni amalga oshirish borasidagi rejalar koʻrib chiqildi.