25-yanvar kuni soat 11:30 larda Yakkasaroy tumani Shota Rustaveli koʻchasida haydovchi H.K. boshqaruvida boʻlgan BMW rusumli avtomashinasi harakat davomida rul boshqaruvini yoʻqotib yoritgich ustuniga toʻqnashib yoʻl transport hodisasi sodir boʻlgan. Bu haqda IIBB YHXB xabar berdi.
Maʼlum qilinishicha, YTH natijasida BMW avtomashinasi haydovchisi hamda 2 nafar yoʻlovchilari shifoxonaga olib ketilgan.
Holat yuzasidan Toshkent shahar IIBB YHXB masʼul xodimlari tomonidan surishtiruv harakatlari olib borilmoqda.
Sizda shikoyat, taklif yoki murojaat bormi? Bizga @demokratuz_aloqabot orqali murojaat qiling!