Yangiliklar

Qoraqalpogʻiston Respublikasi “Qoʻriqlash” boshqarmasi shaxsiy tarkibi orasida davra suhbati boʻlib oʻtdi

Qoraqalpogʻiston Respublikasi “Qoʻriqlash” boshqarmasi shaxsiy tarkibi orasida davra suhbati boʻlib oʻtdi

Qoraqalpogʻiston Respublikasi “Qoʻriqlash” boshqarmasi shaxsiy tarkibi orasida xizmat intizomini mustahkamlash, jinoyatchilik va huquqbuzarliklarning oldini olish hamda xodimlarning sogʻlom turmush tarziga rioya qilishlari maqsadida davra suhbati boʻlib oʻtdi.

Davra suhbati mobaynida “Qoʻriqlash” bosh boshqarmasi boshligʻi oʻrinbosari polkovnik Z.I.Boʻronov soʻzga chiqib, shaxsiy tarkibni Ona-Vatanga va oʻz kasbiga boʻlgan mehr-muhabbatni, shuningdek xodimlarning huquqiy bilim va malakasini oshirish, kasbiy va jangovar tayyorgarligini yuksaltirish borasida doimiy ravishda tegishli chora-tadbirlarni amalga oshirib borish zarurligi toʻgʻrisida taʼkidladi.

Bundan tashqari ijtimoiy tarmoqlar orqali keng tarqalgan turli xil tavakkalchilikka asoslangan oʻyinlardan ogoh boʻlishi, korrupsiya, tamagirlik kabi illatlarning oldini olish va unga qarshi kurashish yuzasidan tavsiyalar ham berdi.

Davra suhbati davomida Milliy gvardiya Markaziy devoni Tibbiyot boshqarmasi masʼullari shaxsiy tarkibning sogʻlom turmush tarziga rioya qilishlari yuzasidan oʻz tavsiyalarini berdi. Uchrashuv yakunida xodimlar oʻzlarini qiziqtirgan savollarga atroflicha javoblar olishdi.