Yangiliklar

Toshkentda kanatli jamoat transporti yoʻlga qoʻyiladi

Toshkentda kanatli jamoat transporti yoʻlga qoʻyiladi
Foto: Poytaxt hokimligi matbuot xizmati

23-yanvar kuni Xitoyning Shenchjen shahrida Toshkent shahar hokimi v.b. Shavkat Umurzakov boshchiligidagi delegatsiya “Beijing North Bartholet Ropeway Technology Co., Ltd” kompaniyasi vakillari bilan uchrashdi. Bu haqda poytaxt hokimligi matbuot xizmati xabar berdi.

Kompaniyaning MDH davlatlari bilan ishlash boʻyicha direktori Bey Kyu poytaxt vakillarini samimiy qarshi olib, qoʻshma korxonaning Shveysariya sifatining fundamental tamoyillari asosida shahar mobilligini rivojlantirish va takomillashtirishga qaratilgan yechimlarni ishlab chiqish boʻyicha olib borayotgan ishlari haqida gapirdi.

Foto: Poytaxt hokimligi matbuot xizmati

Sh.Umurzakov Prezident Shavkat Mirziyoyevning koʻrsatmalariga muvofiq Toshkent shahrida amalga oshirilishi rejalashtirilgan yirik loyihalar, jumladan, “yashil” jamoat transportini rivojlantirish dasturlari haqida gapirdi. Hamkorlikning bir nechta variantlari, shaharda taklif etilayotgan transport turlari va yoʻnalishlari koʻrib chiqish uchun taklif etildi.

Bey Kyu hamkorlikdan manfaatdor ekanligini va Toshkent tomonining ushbu yoʻnalishdagi barcha tashabbuslarini qoʻllab-quvvatlashga tayyorligini bildirdi.

Foto: Poytaxt hokimligi matbuot xizmati

Uchrashuv yakunlari boʻyicha “Toshkent invest kompaniyasi” AJ va “Beijing North Bartholet Ropeway Technology Co., Ltd” oʻrtasida investitsiya shartnomasi imzolandi. Loyiha yer usti transportini kanatli taksilar bilan dublyor takrorlashga qaratilgan boʻlib, jamoatchilikka oldindan taqdim etilishi rejalashtirilgan, ularning tavsiyalari va takliflari “Beijing North Bartholet Ropeway Technology Co.,Ltd.” loyiha ofisiga yuboriladi. Kompaniya, oʻz navbatida, uning amalga oshirilishini va operatsion boshqaruvini taʼminlaydi.