Yangiliklar

Ziroat Mirziyoyeva Pekindagi Xitoy Milliy muzeyiga tashrif buyurdi

Ziroat Mirziyoyeva Pekindagi Xitoy Milliy muzeyiga tashrif buyurdi
Foto: OʻzA

Prezident Shavkat Mirziyoyevning Xitoyga davlat tashrifi doirasida Oʻzbekistonning Birinchi xonimi Ziroat Mirziyoyeva Xitoy Xalq Respublikasi Raisining rafiqasi Pen Liyuan hamrohligida Pekindagi Xitoy Milliy muzeyini koʻzdan kechirdi. Bu haqda OʻzA xabar berdi.

Ushbu hashamatli muzeyda Chin mamlakatining 5000 yildan ortiq tarixidan soʻzlovchi 620 mingdan ortiq noyob eksponatlar saqlanadi. Birinchi xonimlar muzeydagi Xitoyning boy madaniyati haqida soʻzlovchi nodir ekspozitsiyalarni katta qiziqish bilan tomosha qildilar.

Foto: OʻzA

Samimiy suhbatda xalqlarimiz madaniyati va qadriyatlari oʻxshashligi, rishtalarimiz koʻp ming yillik tarixga ega ekani, bularning barchasi bugungi munosabatlarimiz rivojiga kuchli surʼat bagʻishlayotgani qayd etildi.

Ziroat Mirziyoyeva xalqlarimizni yanada yaqinlashtirish, oʻzaro anglashuvni mustahkamlash maqsadida madaniy-gumanitar hamkorlikni kengaytirish muhimligini, mamlakatlarimizda muntazam oʻtkazib kelinayotgan Madaniyat kunlari bunga yorqin misol ekanini taʼkidladi.

Foto: OʻzA

Muzey bilan tanishuv iliq va samimiy ruhda oʻtdi.