Oʻzbekistonning Dubay shahrida yangi tayinlangan bosh konsuli Kamol Ikromov Birlashgan Arab Amirliklari Tashqi ishlar vazirligining Dubay boʻlimi direktori Shayx Maktum bin Butti Al Maktum bilan uchrashdi va konsullik patentini qabul qilib oldi, deb xabar bermoqda “Dunyo” AA.
Shayx Al Maktum yangi tayinlangan bosh konsulni Amirliklardagi diplomatik missiyasining boshlanishi bilan samimiy tabrikladi va uning diplomatik faoliyatida muvaffaqiyat tiladi.
Suhbat chogʻida Oʻzbekiston va BAA oʻrtasidagi ikki tomonlama munosabatlarning bugungi holati va uni rivojlantirish istiqbollari muhokama qilindi. Iqtisodiyot, savdo, sarmoya, yuqori texnologiyalar, innovatsiyalar, sanoat kooperatsiyasi, qishloq xoʻjaligi, energetika, transport, turizm, fan va madaniyat sohalarida oʻzaro hamkorlikni yanada chuqurlashtirish istiqbollari xususida fikr almashildi.
Tomonlar Oʻzbekiston va BAA fuqarolarini oʻzaro viza talablaridan ozod qilish toʻgʻrisidagi bitim imzolangani soʻnggi yillarda ikki davlat erishgan oʻzaro anglashuvning yuksak darajasi va hamkorlikni yanada rivojlantirishdan manfaatdorlikning tasdigʻi ekanligini qayd etishdi.
Eslatib oʻtamiz, yangi bosh konsul 44 yoshda. U Dubayga tayinlanishidan avval 2018-2023-yillarda Oʻzbekistonning Nyu-York shahridagi bosh konsuli boʻlib ishgan.
Oʻzbekiston Bosh konsulxonasi konsullik okrugiga Dubay, Sharja, Ras al-Xayma, Ajman, Um al-Kuveyn va Fujayra amirliklari kiradi.
Sizda shikoyat, taklif yoki murojaat bormi? Bizga @demokratuz_aloqabot orqali murojaat qiling!