Andijon viloyati, Shahrixon tumanidagi Asaka avtoturargohida tashkil etilgan buyum bozori hududida yongʻin sodir boʻlganligi toʻgʻrisida soat 23:30 da FVBga xabar tushgan. Bu haqda FVV matbuot xizmati xabar berdi.
Shunga koʻra, 20 ta yongʻin-qutqaruv ekipaji soat 23:32 da hodisa joyiga yetib borib, yongʻin 26-yanvar kuni soat 00:30 da oʻrab olingan va soat 01:53 da bartaraf etildi.
Yongʻin natijasida taxminan 700-800 kv.m maydon yonib zararlangan.
Yongʻin oqibatida fuqarolarni kuyish tan-jarohatini olish va halok boʻlish holatlari toʻgʻrisida maʼlumotlar kelib tushmadi.
Hozirda yongʻin sababi va moddiy zarar miqdori aniqlanmoqda.
Voqea joyiga viloyat hamda tuman FVB rahbar xodimlari chiqqan.
Sizda shikoyat, taklif yoki murojaat bormi? Bizga @demokratuz_aloqabot orqali murojaat qiling!