2023-yilda “Toshshahartransxizmat” AJ avtobuslari 241,7 million yoʻlovchiga xizmat koʻrsatdi. Bu haqda AJ matbuot xizmati xabar berdi.
Maʼlum qilinishicha, bir kunda oʻrtacha tashiladigan yoʻlovchilar soni 662,3 mingdan oshdi. Bu esa 2022-yilga nisbatan 62% ga koʻp.(2022-yilda oʻrtacha 404,4 ming yoʻlovchi tashilgan). Avtobuslarda 2023-yil davomida jami 241,7 million yoʻlovchi tashildi.
Kunlik qatnovlar soni oʻrtacha 16 847 tani tashkil etdi. 2022-yilga nisbatan 59,8% ga oshdi. (2022-yilda kunlik qatnovlar soni oʻrtacha 10 542 tani tashkil etgan). 2023-yil davomida jami 6 149 147 ta qatnovlar amalga oshirildi.
Bugungi kunda poytaxt jamoat transporti tarmogʻi 165 ta yoʻnalishdan iborat boʻlib, 1 kunda 1700 ga yaqin avtobuslar yoʻnalishda yoʻlovchilarga xizmat koʻrsatmoqda.
2024-yilda yana 200 ta yangi elektrobuslar xarid qilinib 5 ta yangi yoʻnalish tashkil etish rejalashtirilgan.
Sizda shikoyat, taklif yoki murojaat bormi? Bizga @demokratuz_aloqabot orqali murojaat qiling!