Yangiliklar

Toshkentda sodir boʻlgan YTH oqibatida bir kishi vafot etdi

Toshkentda sodir boʻlgan YTH oqibatida bir kishi vafot etdi

26-yanvar kuni soat 02:20 larda Chilonzor tumani Bunyodkor koʻchasi Chilonzor buyum bozori qarshisida A.T. boshqaruvida boʻlgan Malibu 2 avtomashinasi hamda B.B. boshqaruvida boʻlgan Spark avtomashinasi ishtirokida YTH sodir boʻlgan. Bu haqda poytaxt YHXB axborot xizmati xabar berdi. 

YTH natijasida Spark avtomashinasi haydovchisi olgan tan jarohatlari natijasida voqea joyida vafot etgan. Shuningdek, Spark avtomashinasining 1 nafar yoʻlovchisi tan jarohati olib, shifoxonaga yotqizilgan.

Mazkur holat yuzasidan Toshkent shahar IIBB Tergov boshqarmasi tomonidan Jinoyat kodeksining 266-moddasi 2-qismi bilan jinoyat ishi qoʻzgʻatilgan. Tergov davom etmoqda.