25-yanvar kuni “Fargʻona suv taʼminot” MCHJ Quvasoy shahar filiali nazoratchi xodimi B.S. (ayol) Choʻlpon MFY Koʻkterak koʻchasi 37-uyning ichimlik suvidan muddati oʻtgan qarzdorliini unidirish uchun borgan vaqtida shu uyda yashovchi fuqaro A.G uni jamoat joyida haqorat qilib, jamiyatda yurish-turish qoidalarini buzgan. Bu haqda Fargʻona viloyati IIB axborot xizmati xabar berdi.
Mazkur holat yuzasidan shahar IIB tomonidan A.G.ga nisbatan MJtKning 183-moddasiga asosan maʼmuriy hujjatlar rasmiylashtirilgan va qonuniy qaror qabul qilish uchun JIB Quvasoy shahar sudiga yuborilgan.
Sudi fuqaro A.G. nisbatan yuqoridagi moddaga asosan 10 sutka maʼmuriy qamoq jazosi tayinladi.
Sizda shikoyat, taklif yoki murojaat bormi? Bizga @demokratuz_aloqabot orqali murojaat qiling!