Fargʻona viloyati Margʻilon shahrida 6 nafar fuqaro is gazidan zaharlanish oqibatida vafot etdi. Bu haqda “Gazeta.uz” nashri Bosh prokuratura matbuot xizmati tayangan holda yozmoqda.
Maʼlum qilinishicha, shaharning “Vatan” MFYda joylashgan koʻp qavatli uyda yashagan er-xotin N.M. (1967-yilda tugʻilgan) va Z.M. (1970), ularning qizi D.I. (1994), nabiralari S.M. (2019), M.J. (2017) va M.J. (2021) 26-yanvar kuni tush paytida vafot etgan.
Oʻrganishlar natijasiga koʻra, moʻri isitish qozoni (kotyol)dan nostandart holatda tashqariga chiqarilgan, oqibatda polietilendan ishlangan moʻri qizishi sababli kirishgan joyidan chiqib ketgan. Shu tariqa, xonaga is gazi toʻplanib qolgan.
Sud-tibbiy ekspertizasining dastlabki maʼlumotiga koʻra, marhumlarning oʻlimi sababi sifatida is gazidan oʻtkir zaharlanish va oʻtkir yurak nafas yetishmovchiligi koʻrsatilgan.
Tergovga qadar tekshirish harakatlari olib borilmoqda.
Sizda shikoyat, taklif yoki murojaat bormi? Bizga @demokratuz_aloqabot orqali murojaat qiling!