Oʻzgidromet, 29-30 va 31-yanvar kunlari Oʻzbekistonda havo harorati qanday boʻlishi haqida maʼlumot berdi.
QORAQALPOGʻISTON RESPUBLIKASI VA XORAZM VILOYATI
Havo biroz bulutli boʻladi, 29-30-yanvarda baʼzi joylarda qor yogʻadi, 31-yanvarda yogʻingarchilik kutilmaydi. Baʼzi joylarga tuman tushishi mumkin. Gʻarbiy shamol yoʻnalishini oʻzgartirib, sharqdan 7-12 m/s tezlikda esadi, 29-yanvarda baʼzi joylarda 15-20 m/s gacha kuchayishi mumkin. Harorat kechasi 29-30-yanvarda 3-8° sovuq, 31-yanvarda 8-13° sovuq, kunduzi 29-yanvarda 0-5° sovuq, 30-31-yanvarda 2° sovuq-3° iliq boʻladi.
BUXORO, NAVOIY VILOYATLARI
Havo biroz bulutli boʻladi, 29-30-yanvarda baʼzi joylarda yogʻingarchilik (yomgʻir, qor) boʻlishi mumkin, 31-yanvarda yogʻingarchilik kutilmaydi. Baʼzi joylarga tuman tushishi mumkin. Gʻarbiy shamol yoʻnalishini oʻzgartirib, sharqdan 7-12 m/s tezlikda esadi, 29-30-yanvarda baʼzi joylarda 15-20 m/s gacha kuchayishi, 29-yanvarda 25-28 m/s gacha yetishi mumkin. Harorat 29-yanvarda kechasi va kunduzi 2-7° iliq, 30-yanvarda kechasi 2° sovuq-3° iliq, kunduzi 2-7° iliq; 31-yanvarda kechasi 0-5° sovuq, kunduzi 2-7° iliq boʻladi.
TOSHKENT, SAMARQAND, JIZZAX, SIRDARYO VILOYATLARI
Havo biroz bulutli boʻladi, 29-30-yanvarda baʼzi joylarda yogʻingarchilik (yomgʻir, qor) boʻlishi mumkin, 31-yanvarda yogʻingarchilik kutilmaydi. Baʼzi joylarga tuman tushishi mumkin. Gʻarbiy shamol yoʻnalishini oʻzgartirib, sharqdan 7-12 m/s tezlikda esadi, 29-30-yanvarda baʼzi joylarda 17-22 m/s gacha kuchayishi, 29-yanvarda 25-28 m/s gacha yetishi mumkin. Harorat 29-yanvarda kechasi 2-7° iliq, kunduzi 5-10° iliq, 30-yanvarda kechasi 0-5° iliq, kunduzi 3-8° iliq, 31-yanvarda kechasi 2° sovuq-3° iliq, kunduzi 3-8° iliq boʻladi.
QASHQADARYO, SURXONDARYO VILOYATLARI
Havo biroz bulutli boʻladi, 29-30-yanvarda baʼzi joylarda yogʻingarchilik (yomgʻir, qor) boʻlishi mumkin, 31-yanvarda yogʻingarchilik kutilmaydi. Baʼzi joylarga tuman tushishi mumkin. Gʻarbiy shamol yoʻnalishini oʻzgartirib, sharqdan 7-12 m/s tezlikda esadi, 290-yanvarda baʼzi joylarda 17-22 m/s gacha kuchayishi mumkin. Harorat kechasi 29-yanvarda 2-7° iliq, 30-yanvarda 0-5° iliq, 31-yanvarda 2° sovuq-3° iliq, kunduzi 5-10° iliq boʻladi.
ANDIJON, NAMANGAN, FARGʻONA VILOYATLARI
Havo biroz bulutli boʻladi, vaqti-vaqti bilan yogʻingarchilik (yomgʻir, qor) boʻladi. Baʼzi joylarga tuman tushishi mumkin. Gʻarbiy shamol yoʻnalishini oʻzgartirib, sharqdan 7-12 m/s tezlikda esadi, 29-yanvarda baʼzi joylarda 15-20 m/s gacha kuchayishi mumkin. Harorat kechasi 29-30-yanvarda 0-5° iliq, 31-yanvarda 2° sovuq-3° iliq, kunduzi 29-yanvarda 5-10° iliq, 30-31-yanvarda 3-8° iliq boʻladi.
RESPUBLIKANING TOGʻLI HUDUDLARI
Havo biroz bulutli boʻladi, vaqti-vaqti bilan yomgʻir yogʻadi, 29-yanvarda baʼzi joylarda kuchli boʻladi. Baʼzi joylarga tuman tushishi mumkin Gʻarbiy shamol yoʻnalishini oʻzgartirib, sharqdan 7-12 m/s tezlikda esadi, 29-yanvarda baʼzi joylarda 15-20 m/s gacha kuchayishi mumkin. Harorat 29-yanvarda kechasi va kunduzi 0-5° iliq, 30-yanvarda kechasi 0-5° sovuq, kunduzi 3° sovuq-2° iliq, 31-yanvarda kechasi 2-7° sovuq, kunduzi 3° sovuq-2° iliq boʻladi.
Sizda shikoyat, taklif yoki murojaat bormi? Bizga @demokratuz_aloqabot orqali murojaat qiling!