Yangiliklar

Orzumurod Umarov Tomdi tumani hokimi v.b. etib tayinlandi

Orzumurod Umarov Tomdi tumani hokimi v.b. etib tayinlandi
Foto: Navoiy viloyati hokimligi axborot xizmati

Navoiy viloyati, Tomdi tumani hokimligi majlislar zalida tumanni ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish hamda bir qator tashkiliy masalalar yuzasidan faollar yigʻilishi boʻlib oʻtdi, deb xabar bermoqda Navoiy viloyati hokimligi axborot xizmati.

Ushbu yigʻilishda Navoiy viloyati hokimi Normat Tursunov ishtirok etgan. Viloyat rahbari Tomdi tumanini iqtisodiyotini rivojlantirish, aholining ijtimoiy sharoitlarini yaxshilash boʻyicha qator ishlar amalga oshirilayotganini qayd etdi.

Yigʻilishda Umarov Orzumurod Fayzullayevich Tomdi tumani hokimi vazifasini bajaruvchi lavozimiga tayinlandi. Lavozimga tayinlangunga qadar Orzumurod Umarov Tomdi tumani hokimining moliya-iqtisodiyot va kambagʻallikni qisqartirish masalalari boʻyicha birinchi oʻrinbosari-tuman iqtisodiy taraqqiyot va kambagʻallikni qisqartirish boʻlimi boshligʻi lavozimida ishlab kelgan.

Shuningdek, Normat Tursunov tomonidan Tomdi tumani hokimining birinchi oʻrinbosari lavozimiga Karimbayev Jusipbek Kuanishevich tayinlanganligi eʼlon qilindi.