Yangiliklar

“Tashabbusli budjet”ning 2024-yilgi ilk mavsumiga 1-fevraldan start beriladi

“Tashabbusli budjet”ning 2024-yilgi ilk mavsumiga 1-fevraldan start beriladi

“Tashabbusli budjet” jarayonining 2024-yilgi ilk mavsumiga 1-fevraldan start beriladi. Bu haqda Iqtisodiyot va moliya vazirligi axborot xizmati xabar berdi.

Bunda:

  1. Loyihalar kiritish: 1–20-fevral;
  2. Loyihalarni saralash: 21-fevral–11-mart;
  3. Ovoz berish: 12–31-mart sanalari davomida oʻtkaziladi.

Ushbu mavsum uchun tuman va shahar budjetlari hisobidan  3 trln soʻm dan ortiq mablagʻ yoʻnaltiriladi. Joriy yilda loyihalarning eng yuqori qiymati 1 360 mln soʻmni tashkil etadi.