Bosh prokuratura huzuridagi Departamentning Urgut tuman boʻlimi tomonidan oʻtkazilgan tergovga qadar tekshiruvda “Z.B.” MCHJ rahbari R.E. aholini sifatli oziq-ovqat mahsulotlari bilan taʼminlash maqsadida bank muassasasidan ajratilgan 2,2 mlrd soʻm imtiyozli kredit evaziga kartoshka mahsulotini import qilmasdan ushbu mablagʻlarni oʻzlashtirish yoʻli bilan talon-toroj qilganligi hamda 497,9 mln soʻm soliqlarni toʻlashdan boʻyin tovlaganligi aniqlangan. Bu haqda departament matbuot xizmati xabar berdi.
Mazkur holat yuzasidan Jinoyat kodeksining 167-moddasi (oʻzlashtirish yoki rastrata yoʻli bilan talon-toroj qilish) va 184-moddasi (soliqlar yoki yigʻimlarni toʻlashdan boʻyin tovlash) bilan jinoyat ishi qoʻzgʻatilib, tergov harakatlari oʻtkazilmoqda.
Sizda shikoyat, taklif yoki murojaat bormi? Bizga @demokratuz_aloqabot orqali murojaat qiling!