Yangiliklar

Milliy gvardiya Buxoro viloyati boʻyicha boshqarmasi hamda “Qoʻriqlash” boshqarmasi shaxsiy tarkibi va ularning oila aʼzolari ishtirokida profilaktik suhbat-uchrashuvi oʻtkazildi

Milliy gvardiya Buxoro viloyati boʻyicha boshqarmasi hamda “Qoʻriqlash” boshqarmasi shaxsiy tarkibi va ularning oila aʼzolari ishtirokida profilaktik suhbat-uchrashuvi oʻtkazildi

Milliy gvardiya Buxoro viloyati boʻyicha boshqarmasi hamda “Qoʻriqlash” boshqarmasi shaxsiy tarkibi va ularning oila aʼzolari ishtirokida profilaktik suhbat-uchrashuvi oʻtkazildi.

Uchrashuv davomida Milliy gvardiya Markaziy devoni, “Qoʻriqlash” bosh boshqarmasi, Buxoro harbiy prokuraturasi masʼullari soʻzga chiqib, Milliy gvardiya shaxsiy tarkibi orasida xizmat intizomini mustahkamlash, jinoyatchilik va huquqbuzarliklarning oldini olish hamda xodimlarning sogʻlom turmush tarziga rioya qilishlari, ularning huquqiy bilim va malakasini oshirish, kasbiy va jangovar tayyorgarligini yuksaltirish borasida doimiy ravishda tegishli chora-tadbirlarni amalga oshirib borishda muhim ahamiyatga ega boʻlgan tavsiya hamda koʻrsatmalar berildi.

Bundan tashqari xodim va harbiy xizmatchilar ijtimoiy tarmoq orqali dunyodagi juda koʻp foydalanuvchilarni oʻziga jalb etib, ularni ongiga oson pul ishlab olish haqidagi xom xayollarni joylagan turli tavakkalchilikga asoslangan bukmekerlik oʻyinlardan ogoh boʻlishi, korrupsiya, tamagirlik yoʻl qoʻymasligi va unga qarshi kurashish yuzasidan tadbir ishtirokchilariga atroflicha tushuntirishlar berildi.

Uchrashuv yakunida xodimlar oʻzlarini qiziqtirgan savollarga toʻliq javoblar olishdi.