Yangiliklar

Oʻzbekistonda 2023-yilda qancha yoʻlovchi poyezddan foydalangan?

Oʻzbekistonda 2023-yilda qancha yoʻlovchi poyezddan foydalangan?

2023-yilning yanvar-dekabr oylarida temir yoʻl transporti xizmatidan 9 mln 707,7 ming yoʻlovchi foydalangan. Bu haqda Statistika agentligi xabar berdi.

Qayd etilishicha, bu koʻrsatkich 2022-yilning mos davriga nisbatan 694,7 ming kishiga koʻpdir.

Maʼlumot uchun, 2022-yilning yanvar-dekabr oylarida 9 mln 013 ming yoʻlovchi foydalangan.