Yangiliklar

Oʻzbekistonda qanday kasalliklar oʻlimga sabab boʻlmoqda?

Oʻzbekistonda qanday kasalliklar oʻlimga sabab boʻlmoqda?

Statistika agentligi 2023-yilda vafot etganlarning soni hamda sabablari haqidagi maʼlumot berdi. Maʼlum qilinishicha, 2023-yilda vafot etganlar soni 172,8 ming kishini tashkil etdi. 

Hisobot davrida qayd etilgan oʻlim holatlarining 61,1 foizi – qon aylanish tizimi kasalliklaridan, 10,8 foizi – oʻsimtalardan, 5,5 foizi – nafas olish aʼzolari kasalliklaridan, 4,8 foizi – baxtsiz hodisa, zaharlanish va jarohatlanishlardan, 4,1 foizi – ovqat hazm qilish aʼzolari kasalliklaridan, 1,3 foizi – yuqumli va parazitar kasalliklardan, 12,4 foizi esa boshqa kasalliklarga toʻgʻri keladi.

Hududlar boʻyicha vafot etish koeffitsienti eng yuqori Toshkent shahrida 5,2 promille, Qoraqalpogʻiston Respublikasi, Toshkent va Sirdaryo viloyatlarida 5,1 promilleni tashkil etgan.