Yangiliklar

«Obod va xavfsiz mahalla» targʻiboti oʻtkazildi

«Obod va xavfsiz mahalla» targʻiboti oʻtkazildi

Milliy gvardiya Qoraqalpogʻiston Respublikasi “Qoʻriqlash” bosh boshqarmasi xodimlari tomonidan Kegeyli tumanida istiqomat qiluvchi fuqarolar orasida «Obod va xavfsiz mahalla» tamoyili asosida targʻibot tadbirlari oʻtkazildi.

Hududlarda jinoyatchilik va huquqbuzarliklarning oldini olish, jismoniy va yuridik shaxslarning mol-mulklarini ishonchli qoʻriqlashni taʼminlashda zamonaviy qoʻriqlash signalizatsiya uskunalaridan foydalanishni targʻib qilish maqsadida oʻtkazilgan profilaktik ishlar davomida fuqarolarga «Qoʻriqlash» xizmati afzalliklaridan foydalanish, sohaga kiritilayotgan oʻzgartirishlar va yaratilayotgan qulayliklar borasida tushunchalar berib oʻtilgan.

Oʻz obyekti yoki xonadonini «Qoʻriqlash» xizmatiga topshirmoqchi boʻlgan fuqarolar oylik toʻlovlar miqdori, texnik vositalarga xizmat koʻrsatish tartiblari haqida ham batafsil maʼlumotlar berdi. 

Yakunda oʻz savdo doʻkonlarini «Qoʻriqlash» xizmatiga topshirish istagini bildirgan tadbirkorlardan belgilangan tartibda arizalar qabul qilingan.

Eslatib oʻtamiz, bu kabi tadbirlar respublikamizning barcha hududlarda oʻtkazilmoqda.