Yangiliklar

Toshkentda sodir boʻlgan YTH oqibatida bir kishi shifoxonaga yotqizildi

Toshkentda sodir boʻlgan YTH oqibatida bir kishi shifoxonaga yotqizildi
Foto: Ijtimoiy tarmoqlar

27-yanvar kuni soat 21:00 larda Shayxontohur tumani, Koʻkcha Darvoza koʻchasi, “Mumtoz” toʻyxonasi qarshisida fuqaro F.R. boshqaruvida boʻlgan KIA avtomashinasi hamda Malibu 2 avtomashinasi (haydovchi shaxsiga aniqlik kiritilmoqda) ishtirokida YTH sodir boʻlgan. Bu haqda Toshkent shahar IIBB YHXB axborot xizmati xabar berdi.

Oqibatda Malibu 2 avtomashinasi haydovchisi tan jarohat olib, shifoxonaga yotqizilgan.

Holat boʻyicha Toshkent shahar IIBB YHXB masʼul xodimlari tomonidan surishtiruv ishlari olib borilmoqda.